Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULIDA HAR BIR MUROJAAT ALOHIDA NAZORATGA OLINDI
2023-12-06 13:15:54 169
Bugun Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Unda Xalq qabulxonasi mudiri, mas’ul tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalarda bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Tuman hokimi bilan muloqotda fuqarolar tomonidan uy-joy olish, ishga joylashish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kadastr, bank kreditlari, moddiy yordam, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash, dehqonchilik va tadbirkorlik uchun yer ajratish kabi masalalarga oid taklif va murojaatlar bildirildi. Qabul davomida 25 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 1 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 4 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.