Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


40-UMUMTA’LIM MAKTABIDA YANGI 140 O‘RINLI O‘QUV BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI.

×

 2023-12-06 17:33:23    129

PDF yuklash
Chop etish


“Tashabbusli byudjet” loyihasi natijasida Toshloq tumanidagi 40-umumta’lim maktabida qo‘shimcha 140-o‘rinli o‘quv binosi qurib bitkazildi. Zamonaviy o‘quv binosini barpo etish uchun 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ sarf etildi. “Toshloq qurilish va ta’mirlash” korxonasi quruvchilari tomonidan o‘quvchilar uchun keng va yorug‘ sinfxonalar sifatli qilib bitkazildi. 
Ushbu bino O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yillik bayrami arafasida Qalacha qishlog‘i aholisi uchun munosib sovg‘a bo‘ldi.  
O‘quv binosini ochilish marosimida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, sektorlar rahbarlari, mahalla faollari hamda maktab jamoasi ishtirok etdi. Tuman hokimi yangi binoda o‘quvchilarni har tomonlama bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilganligini ta’kidlab o‘tdi. Yoshlarni yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda puxta bilim olishga chaqirdi. 
Tadbirda maktabni yangi binosi qurilishiga o‘z hissasini qo‘shgan quruvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ochilish marosimidan so‘ng tadbir ishtirokchilari binoda o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.