Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BAYRAM TUHFASI: TOSHLOQDA OILAVIY POLIKLINIKA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2023-12-07 15:04:30    118

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi arafisida Toshloq tumanida ham ko‘plab ijtimoiy soha ob’yektlari tuman aholisi uchun bayram sovg‘asi sifatida foydalanishga topshirilmoqda. 
Bugun “Quyi Yakkatut” MFY hududida 54-sonli oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi. 19304 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatayotgan ushbu oilaviy poliklinika binosi “Tashabbusli byudjet” loyihasi natijasida to‘liq ta’mirdan chiqarildi. Bunyodkorlik ishlariga 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ sarf etilib,  zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi.
Yangi, zamonaviy, barcha sharoitlarga ega oilaviy poliklinika binosini ochilish marosimida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev ishtirok etib, hudud ahlini ushbu  maskan ochilishi bilan qutladi. Keyingi yillarda mamlakatimiz tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hususida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, sektorlar rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirokida ramziy tasma qirqilib, yangi tibbiyot maskanida aholiga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.