Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BAYRAM ARAFASIDA 150 O‘RINLI ZAMONAVIY BOGʻCHA BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2023-12-07 16:34:37    128

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi arafasida “Tog‘liq” MFYdagi 27-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi va zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirilganligi 3672 nafar aholi istiqomat qiladigan mazkur qishloq ahliga bayram sovg‘asi bo‘ldi.
Investisiya dasturi asosida yangi muassasa qurilishi uchun 5 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratilib, bugungi kunda 150 nafar bolajonlarni o‘z bag‘riga qamrab olish quvvatiga ega bo‘ldi. Asosiysi, 25 nafar aholi ushbu muassasada o‘zlarining yangi ish o‘rinlariga ega bo‘lishdi.  
Bundan tashqari, zamonaviy mebellar bilan jihozlangan yotoqxonalar, o‘yin maydonchalari, ko‘rkam va fayzli oshxona bolajonlarning doimiy xizmatida bo‘ladi.
Bog‘cha binosining ochilish marosimida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, sektorlar rahbarlari, qishloq ahli hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi va binoda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.