Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN TANTANALI BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-12-11 15:56:15    131

PDF yuklash
Chop etish


Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida soha ilg‘orlari, faxriylar, sektorlar rahbarlari, qishloq xo‘jaligi klasterlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tantanada so‘zga chiqqan tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi va bu yilgi erishilgan natijalarga to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlandiki, joriy qishloq xo‘jaligi yilida Toshloq tumanida paxta, g‘alla va pilla yetishtirish shartnomaviy rejalari birinchilardan bo‘lib bajarildi. Albatta, qishloq xo‘jaligida yuqori marralarni zabt etishda tumanimizdagi mirishkor dehqon va fermerlarning mehnati va xizmatlari kattadir.
Bayram tadbirida 2023 yil tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida munosib hissa qo‘shgan, mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador va pillakorlar, mohir suvchi va irrigatorlar, o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan mexanizator va agronomlar, otryad rahbarlari, sohaning jonkuyar fidoiylar mehnati e’tirof etildi. Qishloq xo‘jaligi xodimlaridan bir guruhi tuman hokimligining faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bayram tadbiri davomida taniqli san’atkorlar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi barchaga zavqu-shavq ulashdi.