Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA YOSHLAR BANDLIGIGA KO‘MAKLASHISH MAQSADIDA MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI

×

 2023-12-15 08:23:48    170

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda tuman Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilgan “Mehnat yarmarkasi”da ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar, yoshlar, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, ahloq tuzatish ishlariga jalb etilgan  va jazoni o‘tab qaytgan fuqarolarga tumandagi bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi. 
O‘tkazilgan “Mehnat yarmarkasi”da 23 ta tashkilot va korxonalar ishtirok etib, 330 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. Tadbirga 146 nafar band bo‘lmagan aholi vakillari jalb etildi. Shu kunning o‘zida 56 nafar fuqarolarga ishlash uchun yo‘llanmalar berildi. Bundan tashqari 30 nafar yoshlar kasb-hunarga jalb etildi. 18 nafari 1-KXMga payvandchilik kasbini o‘rganishga, 12 nafari Toshloq Xizmat ko‘rsatish texnikumiga qandolatchilik yo‘nalishiga o‘qishga yuborildi.