Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA DO‘PPIDO‘ZLIK HUNARI RIVOJLANMOQDA, USHBU HUNARMANDCHILIK ORQALI XOTIN-QIZLARNING BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

×

 2023-12-19 15:46:59    195

PDF yuklash
Chop etish


   Har bir hududning o‘z tadbirkori, ishbilarmon va hunarmandi bor. Shu jumladan tumandagi “Furqat” mahalla fuqarolar yig‘inida ham xalqimizning milliy va qadimiy hunarlaridan bo‘lgan do‘ppido‘zlik bilan shug‘ullanib kelayotgan ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Ular tayyorlagan do‘ppilar erkaklarning boshlarida milliyligimizni aks etib turadi. Hunarmandlarning orasida kayvoni onaxonlardan Zulfiyaxon Siddiqova bu hunarning sir-asrorlarini ko‘pchilik shogirdlariga o‘rgatib kelayotganlardan.
—Do‘ppido‘zlik hunari insondan eng avvalo sabr-qanoat va nozik didni talab etadi,—deydi hunarmand Odinaxon Asqarova.—Bitta do‘ppi tayyor bo‘lishi uchun bir nechta jarayon bajariladi. Mana shu jarayonlarda hunarmanddan katta e’tibor va sinchikovlik talab etiladi. Do‘ppi tayyorlashning o‘ziga yarasha me’yorlari borki bunda ko‘p yillik tajriba ham katta ahamiyatga ega.
Mahalla ayollari do‘ppichilikdan yaxshi daromad topib oila ro‘zg‘origa kamarbasta bo‘lmoqdalar. Hunar ortidan mehnat qilish evaziga oyiga kamida 5 million sof daromad olish mumkin ekan. 
—Do‘ppi tayyorlash hunarini yoshligimda onamdan o‘rganganman. Mana hozirgacha shu ish bilan shug‘ullanaman. Bu hunar bilan kam bo‘lmadim. Uylar tikladik, to‘ylar qilib kelin tushirdim. Kelinlarimga ham hunarni o‘rgatib kelmoqdaman,—deydi Ma’muraxon Jo‘rayeva.