Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVIDA FAOL YOSHLAR TAQDIRLANDI
2023-12-20 13:32:07 228
Bugun tumandagi 2-umumta’lim maktabida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev faol yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda sektorlar rahbarlari hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari, intellektual tanlovlar g‘olib va sovrindorlari ishtirok etdi.
“Hokim va yoshlar” uchrashuvida tuman hokimi A.Djurabayev so‘zga chiqib, tumanda o‘tgan davr mobaynida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida olib borilgan ishlar, amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berib, davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Ta’kidlandiki, joriy yil tuman yoshlari uchun yutuqlarga boy bo‘ldi. Yoshlarimiz har sohada, sportda yuqori marralarni qo‘lga kiritdilar. Ayniqsa, toshloqlik sportchi yoshlar xalqaro, respublika miqyosida o‘tkazilgan sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egalladilar.
Tadbirda tuman hokimi yurtimizda yoshlar uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilganligi, ulardan esa faqatgina unumli va oqilona foydalangan yoshlargina o‘z kelajagini hozirdan bunyod eta olishlarini ta’kidlar ekan, yoshlarning barcha murojaatlarni eshitishga tayyor ekanligini bildirdi.
Shuningdek, tumanda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlarga to‘xtaldi. Bugungi kunga qadar, “Yoshlar daftari”ga 2 208 nafar yoshlar kiritildi. Ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida 2006 nafar yoshlar daftardan chiqarildi. Joriy yilda 229 nafari yoshlarga OTM to‘lov-kontraktlarini 50 foizgacha qismi ya’ni 475 million so‘m mablag‘lar to‘lab berildi. 57 nafar yoshlarga 229 million so‘mlik asbob-uskunalar va mehnat qurollari subsidiya tariqasida ajratildi. 10 nafar yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali to‘lab berildi. 44 nafar bemorlarga 396 million so‘m miqdorda davolanish harajatlari “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan qoplab berildi. 21 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga 20 million so‘m miqdorda bir martalik moddiy yordam pullari ajratildi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 311 nafar yoshlarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ijara huquqi asosida 30 yillik yer maydoni ajratib berildi. 49 nafar yoshlarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 229 million so‘mlik asbob-uskunalar va mehnat qurollari subsidiya tariqasida ajratildi. 1082 nafar "Yoshlar daftari"ga kiritilgan ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlandi. 72 nafar "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida 4 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.
Uchrashuv davomida o‘z yutuqlari bilan tumanni rivojlantirish va yuksaltirish ishiga hissa qo‘shib kelayotgan, Vatanga muhabbat va sadoqat, tashabbuskorlik va tashkilotchilik borasida tengdoshlariga alohida namuna ko‘rsatayotgan bir guruh yoshlar tuman hokimining Tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.