Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


EHTIYOJMAND OILALARGA 300 KG.DAN BEPUL KO‘MIR TARQATILDI

×

 2023-12-22 16:06:45    142

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Orolbo‘y mintaqasini rivojlantirish va ekologik qo‘mitasi hamda O‘zbekiston ekologik harakati tashabbusi bilan qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan xayriya aksiyasi doirasida Toshloq tumanidagi ehtiyojmand oilalarga bepul ko‘mir mahsulotlari tarqatildi.
Mahallalardagi kam ta’minlangan, moddiy yordamga muhtoj, maxsus ijtimoiy daftarlarga kiritilgan, nogironligi va betob farzandlari bor 51 ta ehtiyojmand oilalarga bepul ko‘mir mahsulotlari yetkazib berilmoqda.   
Qayd etish joizki, ko‘rsatilayotgan beminnat yordamdan aholi o‘z xonadonini isitishi uchun ko‘mir bilan ta’minlanganligidan hursandchiligini bildirdilar.