Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Aholi murojaatlari va muammolarini o‘rganish hamda hal etish bo‘yicha navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

×

 2023-12-26 17:24:21    153

PDF yuklash
Chop etish


Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida aholi murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va joyida hal etish maqsadida qabul o‘tkazildi. Qabulda viloyat hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarma boshlig‘i Komila Kavlonova, tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri, korxona-tashkilotlar rahbarlari hamda muammosi mavjud fuqarolar ishtirok etdi.
Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari - sog‘lig‘ini tiklash maqsadida dori-darmonga yordam ko‘rsatish, kadastr, sud-huquq masalalari bilan bog‘liq muammolar, ishga joylashish, subsidiya asosida uy-joy olish, imtiyozli kredit ajratish, oilaviy masalalar, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, bir martalik moddiy yordam va boshqa masalalar o‘rganildi.
Shu kuni fuqarolarning ko‘plab murojaatlari joyida o‘zining ijobiy yechimini topdi. O‘rganish talab qiladigan murojaatlar qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.
Qabuldan so‘ng, viloyat hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarma boshlig‘i Komila Kavlonova tumandagi “Do‘stlik” hamda “So‘kchilik” MFYlarda yashovchi himoya orderi olgan, nizoli oilalar ro‘yxatida turgan fuqarolar xolidan xabar olib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari, bayram sovg‘alarini topshirdi.