Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ТОШЛОҚДА ЯНГИ ЙИЛ БАЙРАМИ ОЛДИДАН ИККИНЧИ ЖАҲОН УРУШИ ҚАТНАШЧИЛАРИ ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ

×

 2023-12-26 18:15:47    164

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi o‘rinbosari Xojiqo‘zijon Isaqov, tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevlar hamda sektorlar rahbarlari Yangi yil bayrami oldidan tumanimizda istiqomat qilayotgan 2 nafar ikkinchi jahon urushi faxriylarining holidan xabar oldilar. Ularga Prezidentimizning bayram tabrigi, pul mukofotlari, sovg‘alar, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Tumandagi “Jarqishloq” MFYda istiqomat qilayotgan ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Fayzullo ota Eminov xonadonida bo‘lib, otaxonni va oila a’zolarini Yangi yil bayrami bilan tabrikladilar. Fayzullo ota 17 yoshida minglab o‘zbekistonliklar qatori qo‘liga qurol olib, fashizmga qarshi kurashdi. Urushdan so‘ng 50 yildan ziyod brigadirlik qildi, turmush o‘rtog‘i Melixon aya bilan 6 o‘g‘il, 3 qizni tarbiyaladi. Hozirda otaxon 100 dan ziyod nabira-yu, chevara-evaralar qurshovida bugungi tinch-osoyishta va farovon o‘tayotgan har bir kun uchun shukronalar aytib yashamoqda.
Shundan so‘ng, “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Odiljon ota Zokirov xonadonida bo‘lib, dildan suhbatlashdilar. Odiljon ota suhbat davomida  davlatimiz, Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlar uchun, yurtimizda tinchlik osoyishtalik hukm surayotgani uchun barchamiz shukronalik hissi bilan yashashimiz kerakligini  bildirib, urush qatnashchilariga, jumladan faxriylarga berilayotgan e’tibor va e’tirof uchun minnatdorlik bildirdi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari X.Isaqov hamda tuman hokimi A. Djurabayevlar urush qatnashchilarini va ularning oila a’zolarini bayram bilan tabrikladilar. Prezidentimizning tabrigini o‘qib eshittirib, bayram sovg‘alarini topshirdilar.