Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


БАЙРАМ МУНОСАБАТИ БИЛАН ФАХРИЙ ЎҚИТУВЧИЛАР ХОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ

×

 2023-12-30 14:21:33    112

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida Yangi yil bayrami munosabati bilan  bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan ustoz murabbiylar xolidan xabar olindi. Ularga yangi yil sovg‘alari ulashildi.  
Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Dolimov  hamda tuman bo‘limi mudiri A.Soliyevlar bayram munosabati bilan tumandagi bir guruh faxriy ustozlarning xonadonlariga tashrif buyurib, ular bilan dildan suhbat qurdilar. Ta’lim tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan ustozlarning Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar.
“Do‘stlik” MFYda istiqomat qilayotgan faxriy o‘qituvchi Nina Barisovna Zakirova 40 yil tumandagi 2-umumta’lim maktabida o‘quvchilarga ta’lim tarbiya berdi. Ta’lim tizimini rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shib, samarali faoliyat olib bordi. 
“Zarkent” MFYda yashovchi Ro‘zi ota Karimov ham 40 yildan ziyod umrini ta’lim tarbiya berishga sarfladi. Har doim yoshlarga bilim berishdan charchamadi. Uzoq yillik samarali mehnati davomida ko‘plab yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishda ko‘maklashdi.  “Yangi yo‘l” MFYda 30 yil o‘qituvchilik kasbini egallab kelgan Flyura Bagautdinova. U rus tili fanidan yoshlarga bilim berdi. Xozirda keksalik gashtini surmoqda. 
Shu kuni faxriylarni xolidan xabar olinib, bayram kayfiyati ulashildi. Ustozlar bugungi kunlar uchun shukronalik keltirib duoga qo‘l ochdi.