Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
2024-01-10 17:02:44 152
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Kamolitdin Umarov hamda Xalq qabulxonasi mudiri Saminjon Ismailovlar navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida 22 dan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqildi. Uy-joy bilan ta’minlash, kredit ajratish, moddiy yordam tayinlash singari masalalar yuzasidan qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tumanda yashovchi fuqoralar o‘zlarini qiynayotgan muammolaridan tashqari ko‘pchilik manfaatiga xizmat qiladigan yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari bilan qatnashishdi.
Qabulda muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.