Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANI HOKIMLIGIDA TUMAN MAHALLANI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA KENGASHINING TASHKILIY YIGʻILISHI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-01-12 18:57:26    161

PDF yuklash
Chop etish


Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son Qarori mamlakatimizda mahalla institutining nufuzini yanada oshirishda muhim poydevor vazifasini o‘tadi.
Xususan, ushbu Farmon va Qaror bilan mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va ularning hamkorligini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127-moddasiga muvofiq mahallalar faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilab berildi.
Prezidentimiz Farmoniga asosan, Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Toshloq tumani kengashining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari, Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tuman kengashi a’zolari, hamkor tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishni kengash raisi, tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev olib bordi. Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son Qaroridan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar, davlatimiz rahbari raisligida 2023 yil 22 dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalar muhokamasi hamda Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Farg‘ona viloyati kengashi tashkiliy yig‘ilishida ishtirok etish uchun delegatlarni saylash masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda tuman hokimi Prezidentimizning mazkur Farmon va Qarorlari bilan mahalla instituti nufuzini yanada oshirish, mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va ularning hamkorligini ta’minlash hamda zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilab berilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshloq tuman bo‘linmasi rahbari Odilxon Majidov Davlatimiz Rahbari raisligida 2023 yil 22 dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala, Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Farg‘ona viloyat kengashining tashkiliy yig‘ilishida ishtirok etish uchun 8 nafar delegatlar ovoz berish orqali saylab olindi.