Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA TA’LIM MUASSASALARINING ISSIQLIK TIZIMI BARQAROR ISHLASHI TA’MINLANMOQDA

×

 2024-01-15 15:38:45    151

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida 2023-2024 yilgi kuz-qishga tayyorgarlik ko‘rish, mavsumni betalafot o‘tkazish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ichimlik suv resurslarini yetkazib berish bo‘yicha tizimli va keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, tumanda ijtimoiy soha ob’yektlarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish orqali kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, qozonxonalarni modernizatsiya qilish hamda muassasalarning issiqlik tizimini ta’mirlash va belgilangan me’yorlarda ishlashini ta’minlash davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirildi.
O‘tgan yilda “Toshloq qurilish ta’mirlash” xususiy korxonasi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida 28 ta maktabgacha ta’lim muassasalaridagi issiqlik tizimlari zamonaviy mezonlar asosida yaxshilandi.
Korxona tomonidan shu kunga qadar 28 ta bog‘chalardagi 55 dona isitish qozonlari yangilandi. Ushbu muassasa binolaridagi isitish tarmoqlari to‘liq ta’mirlandi. Isitish qozonlari ko‘mir yoqilg‘isiga moslashtirildi. Ahamiyatlisi, ushbu turdagi issiqlik qozonlari energiya tejamkorligi, masofadan avtomatik boshqaruvga egaligi hamda ekologik jihatdan xavfsizligi bilan ajralib turadi.
Tumandagi 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bugungi kunda 10 ta guruhda 300 nafar bolalar tarbiya olmoqda. Bog‘chada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 3 dona isitish qozoni yangisiga almashtirilib, isitish tarmoqlari to‘liq ta’mirdan chiqarildi. Ko‘mir mahsulotiga moslashtirilgan isitish qozonlarida binodagi xonalarda  harorat 22 darajagacha saqlanmoqda.
Bizning 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotimizda 360 nafar bolalar tarbiya olmoqda, - deydi  DMTT direktori Dilshodaxon Mardonova.  -Muassasamizda davlat-xususiy sheriklik asosida isitish tizimi to‘liq ta’mirdan chiqarildi. 3 dona yangi zamonaviy isitish qozonlarini o‘rnatilishi natijasida guruh xonalari issiq bo‘lib, bolajonlarga qulay sharoitlar yaratib berilmoqda.