Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YOSHLAR VA BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH YILI": Toshloqda yosh tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanmoqda
2024-01-16 17:04:21 175
Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan 2024 yilni “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berish hamda kichik biznesni rivojlantirish yo‘lida Toshloq tumanida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tumandagi “So‘filar” mahalla fuqarolar yig‘inida ham oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratilib ko‘plab hunarli yoshlarni bizneslarini yo‘lga qo‘yishlari uchun imkoniyatlar yaratib berildi.
Mahallada yashovchi Muhammadjon Fozilov ham hunarmandchilikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 30 million so‘m imtiyozli kredit olib oilaviy tadbirkorligini boshladi. Hozirda xonadonida eshik va rom ishlab chiqarmoqda.
Asadillo O‘rinboyev ham mahallaning tadbirkor yoshlaridan biri. O‘tgan yili tadbirkorlik faoliyatini boshlagan bo‘lib nerjaveyka mahsulotidan panjara, darvoza kabi o‘n xil turdagi temir anjomlar yasash bilan shug‘ullandi.
—Bu hunar sirlarini qiziqishim tufayli internetdan ko‘rib o‘rganganman. Astoydil oldimga maqsad qo‘yib ishlab chiqarish uchun dastgohlarni olib kelib o‘rnatib faoliyatimni boshladim. Yoshlarga ajratilayotgan imtiyozli kreditdan foydalanib 27 million so‘m mablag‘ olish evaziga ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirdim. Hozirda 6 nafar yoshlar shogird sifatida hunar sirlarini o‘rganmoqda. 4 nafar yoshlar esa ish bilan ta’minlangan,—deydi yosh tadbirkor A. O‘rinboyev.