Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


AHOLI CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

×

 2024-01-25 14:23:49    163

PDF yuklash
Chop etish


So‘ngi yillarda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ularga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda.
Xususan, bugun “Piyozchilik” MFYda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida aholi vakillari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqamasining davolash-profilaktika muassasalaridan jalb qilingan malakali mutaxassislar, tibbiy brigada va mahalliy tibbiyot xodimlari ishtirokida profilaktik tibbiy ko‘riklar, skrining dasturlari va sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazildi. Bundan tashqari, mobil oftomologiya klinikasi ham aholiga xizmat ko‘rsatdi.
Ikki kun davomida tibbiy ko‘rikdan jami 300 nafar aholi tekshiruvdan o‘tkazildi, natijasiga ko‘ra 130 nafar aholida turli kasalliklar aniqlandi, shundan 71 nafar bemorlarga ambulator muolajalar tavsiya etildi. 5 nafar fuqarolarga Tibbiyot birlashmasiga yotqizish uchun yo‘llanmalar berildi.