Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YOSHLAR YeTAKCHISI MAHALLADA NAMUNA KO‘RSATMOQDA

×

 2024-01-29 16:15:13    156

PDF yuklash
Chop etish


Abdumo‘min Mo‘sajonov “Chuqurqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. “Yuqoriqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi vazifasida ishlab keladi. Bu vazifada ishlash bilan bir qatorda xonadonida tashkillagan issiqxonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ham yo‘lga qo‘ygan. Ishdan bo‘sh paytlarida issiqxonada mehnat qilishga ham ulgurayotgan yoshlar yetakchisi hududdagi yoshlarga ham ishda ham yumushda o‘zi namuna ko‘rsatmoqda.
Yoshlar yetakchisi o‘z xonadonidagi 10 sotixli yer maydonidagi 3 ta issiqxonaga noyabr oyida qalampir ko‘chatlarini ekib parvarishlamoqda. 4000 tup qalampirlar bir tekis rivojlanib hosilga kirgan. O‘tgan yili bu joyda pomidor, bodring yetishtirib 50 million so‘m daromad olgan yoshlar yetakchisi bu yil ham qalampirdan 4 tonna mo‘l hosil olishni rejalashtirmoqda. 
—Men issiqxonadagi dehqonchilik ishlarimni nafaqat yashash hududimdagi, balki yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Yuqoriqishloqdagi ishsiz yoshlarga ham namuna qilib ko‘rsatish bilan birga ularni issiqxonamga olib kelib ko‘rsataman. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha issiqxonadagi olib borayotgan ishlarim hamda undan kelayotgan daromad bilan tanishtiraman. Mehnatlarim samarasini ko‘rib o‘zlariga motivatsiya olgan yoshlar orasida ham issiqxona tashkillaganlari borki, bugungi kunda ular ham men kabi mehnatlari ortidan yaxshi daromad ko‘rmoqdalar. 
O‘zi tengqurlarining yaxshi natijalari, yaratayotgan yangiliklari va mehnatlari samarasida katta daromad topayotganlarini ko‘rib ularga ergashayotgan yoshlar safi tobora ortib bormoqda. Bu esa jamiyatda ishsiz yoshlar safi kamayib ishbilarmon yoshlarning soni ortib borishiga turtki bo‘lishi shubhasiz.