Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“AXSHAK” MAHALLASINING DRAYVERI ISSIQXONA VA DEHQONCHILIK HISOBLANADI
2024-02-07 08:37:25 128
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Xabib Sirojitdinov tumandagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilar bilan uchrashdi.
“Axshak” MFYda bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari hokim yordamchilari aholi bilan har kuni ishlab, odamlarga davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarni yetkazishi, tadbirkorlikka va dehqonchilikka o‘rgatish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarish kabi katta mas’uliyatli vazifa yuklatilganligini ta’kidlab o‘tdi. Hokim yordamchilari mahallada aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish, kredit, subsidiya ajratish, kooperatsiyani rivojlantirish, ishsiz fuqarolarni kasbga yo‘naltirish borasida tizimli ishlarni olib borish lozimligini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng, yig‘ilish qatnashchilariga “Axshak” mahallasida tomorqadan samarali foydalanib, issiqxonada dehqonchilik qilayotgan xonadonlar namuna sifatida tanishtirildi.
Axshakliklar o‘z xonadonlarida issiqxonalar barpo etib, yilning to‘rt faslida ham dehqonchilik bilan shug‘ullanadilar. Yerdan barakali hosil olish hadisini o‘zlashtirganlar. Asosan, aholi issiqxonada pomidor, bulg‘or qalampiri, ko‘katlar yetishtirib yaxshigina daromadga ega bo‘lmoqdalar. Shu kuni hokim yordamchilari issiqxonadan daromad topayotgan xonadonlarda bo‘lib, mirishkor dehqonlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.