Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 146 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“O‘ZBEKISTON” MFYDA AHOLIGA IMTIYOZLI KREDITLAR AJRATILISHI NATIJASIDA KICHIK BIZNES SUB’YeKTLARI SONI ORTIB BORMOQDA

×

 2024-02-12 14:30:56    149

PDF yuklash
Chop etish


Mahallada 2023 yil davomida 195 nafar fuqaro imtiyozli kreditlardan foydalanib issiqxona, parrandachilik, chorvachilik va turli sohalarda xizmat ko‘rsatish faoliyatlarini yo‘lga qo‘yganliklari aholining tadbirkorlikka bo‘lgan ishtiyoqi ortib borayotganligini ko‘rsatmoqda. 
—“Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”da turgan fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash,  tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratib ish bilan ta’minlanishlariga ko‘maklashib kelmoqdamiz. Ularning ko‘pchiligi bu imkoniyatdan unumli foydalanib yaxshi daromad manbaiga ega bo‘libgina qolmay bir nechta ishchi o‘rni yaratib kelayotganliklari quvonarli natijalarimizdan biri,—deydi mahalla hokim yordamchisi Ziyodaxon Xalilova.
Qahramon Nabiyev Rossiya federatsiyasiga ishlash uchun borganida boshidan og‘ir jarohat olib qaytgan.  Mahalla uni taqdiriga befarq bo‘lmagan holda “Yoshlar daftari”ga kiritganligi sababli imtiyozli kredit olishni tavsiya qilingan. Chorvachilikka qiziqishi tufayli Q. Nabiyev berilgan imtiyozli kreditga 10 bosh zotli qo‘ylarni olib parvarishlashni boshladi. Bugungi kunga kelib qo‘ylar boshi 18 taga yetdi.
—Imkoniyatim cheklanib qolganida uyda bekor qolishni istamadim. Olingan kreditdan unumli foydalangan holda qo‘ylarni yaxshi parvarishlab sonini ko‘paytirdim. Yana shunday imtiyozli kredit olib zotli qo‘ylar sonini 100 taga yetkazish maqsadim bor,—deydi Q. Nabiyev.
Mahalladagi Sadoqat Normatova Farg‘ona davlat universiteti tarix fakultetida tahsil oladi. U bilim olish bilan birga qushlarga qiziqadi. Shu bois ham hokim yordamchisiga murojaat qilib imtiyozli kredit olib to‘tiqush parvarishlab ko‘paytirish istagini bildirgan. Unga 26 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan. Hozirgi kunda S. Normatova turli xildagi to‘tiqushlarni parvarishlab ularning sonini ko‘paytirishga erishdi. 
Bu kabi intiluvchan, izlanuvchan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash albatta o‘z samarasini beradi. Erishayotgan yutuqlari, topayotgan daromadlarini ko‘rgan boshqa yoshlar ham ularga ergashib o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yishlari hududda ishbilarmonlar safi ortishiga sababchi bo‘ladi.