Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TADBIRKOR NIGORAXON TO‘XTAYeVA “VALLEY BEAUTY CENTER” NOMLI KOSMETOLOGIYA MARKAZINI TASHKIL ETDI

×

 2024-02-14 12:58:54    132

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda chekka hududlarda ham dono, ishbilarmon, tadbirkor ayollar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ular tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib hududdagi “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da turgan xotin-qizlarni turli kasblarga o‘qitib, ish bilan ta’minlanishlariga sababchi bo‘lmoqda.
Shunday tadbirkor ayollardan biri Nigoraxon To‘xtayeva Toshloq tumani “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. Qiziqishi tufayli Toshkent kosmetologiya va estetik markazida bilimlarini mustahkamlab kelib tuman markazida “Valley Beauty Center” nomli kosmetologiya markazini tashkilladi. Buning uchun u o‘zi yashash hududi bo‘lgan “O‘zbekiston” MFY hokim yordamchisi tavsiyasi bilan 33 million so‘m imtiyozli kredit olib kosmetologiya markazi uchun kerakli uskuna va jihozlarni sotib oldi. 
Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan markazda nafaqat kosmetologiya, balki yoshlarga til o‘rgatish markazi ham qo‘shimcha ravishda ish boshladi. Bunda rus, ingliz, koreys tili darslari tashkillangan bo‘lib, asosiysi “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da turgan xotin-qizlarni o‘qitish va kasbga o‘rgatish uchun imtiyozlar belgilangan.
—Maqsadim ayollarimizni sog‘lom, go‘zal ko‘rinishlari uchun xizmat qilish. Bundan tashqari ishsiz xotin-qizlarni kasbga o‘qitib jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlarida ko‘maklashmoqchiman. Ularni qisqa muddatlarda o‘qitib sertifikat berishni yo‘lga qo‘yganmiz. Markazimizda bilimlarini oshirib ketgan o‘quvchilarimizni ko‘pchiligi o‘zlarini mustaqil ishlarini ham boshlab ulgurishgan,—deydi N. To‘xtayeva.
Tadbirkor ayol ko‘plab shogirdlar chiqargan bo‘lib ular orasidan o‘ziga yordamchi sifatida bir nechta yoshlarni ham ish bilan ta’minlagan. Bundan tashqari o‘quv kurslariga malakali ustozlarni jalb qilishi natijasida 10 dan ortiq ishchi o‘rni yaratilishiga erishdi. Bundan ko‘rinib turibdiki jamiyatda ayollarimiz faol, ishbilarmon bo‘libgina qolmay boshqa xotin-qizlarni ham o‘zi kabi tadbirkor bo‘lishiga chorlamoqda.