Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KIGIZCHILIK – MAHALLANING “DRAYVER”I.
2024-02-16 09:59:23 137
Bugun viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Abdullayev Toshloq tumani "Varzak" mahallasida bo‘ldi.
“Varzak” mahallasida azaldan kigizchilik keng rivojlangan. Ayni paytda kigizchilik mahalla “drayver”iga aylangan va hozirda 100 nafar hunarmandlar ushbu yumush bilan mashg‘ul. Shu sohada mahallada 300 nafarga yaqin insonning bandligi ta’minlangan.
Shu kuni aholi xonadonlarida bo‘linib, sohani rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Mahalladagi hokim yordamchisi A.Sulaymonovning aytishicha, o‘tgan davr mobaynida soha rivoji uchun tijorat banklari tomonidan qariyb 1 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratilgan. Ichki bozordan tashqari Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Rossiyaga 50 ming dollardan ziyod kigiz eksport qilingan.
O‘rganish davomida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari K.Umarov va tuman bo‘limi boshlig‘i I.Mirzaraxmonovlar hamroxlik qildi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha muhim vazifalar bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar mas’ullarga berildi.