Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Toshloq tumanida “Ipakchilik sohasini rivojlantirishning yangi bosqichlari va yo‘nalishlari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
2024-02-16 14:05:50 126
Joriy yilning 7 fevral kuni Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, viloyat hokimi Xayrullo Bozorovlar ishtirokida o‘tkazilgan “Ipakchilik sohasini rivojlantirishning yangi bosqichlari va yo‘nalishlari” mavzusida hududiy ilmiy-amaliy seminarni uzviy davomi sifatida Toshloq tumanida “Agropilla”, tumandagi pillakorlar, qishloq xo‘jaligi xodimlari, mahalladagi xotin-qizlar faollari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.Marasulova ipak qurti boqish, uy sharotida ipak mato to‘qish orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasanachilik va tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.