Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Piyozchilik” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish maqsadida keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
2024-02-20 17:23:37 153
Ayni kunlarda ushbu mahallada elektr va suv ta’minoti tizimlarini yanada yaxshilash, mahalla fuqarolar yig‘ini binosini qurish, piyodalar yo‘llagini barpo etish kabi qator obodonlashtirish ishlari soha mutasaddilari tomonidan tizimli bajarilmoqda.
Mahallada istiqomat qiluvchi 12 ta kam ta’minlangan oilalarning turmush sharoitini yaxshilashga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning yashash xonadonlarida qurilish va ta’mirlash ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Mahallaning “Iste’dod” ko‘chasi, 28-xonadonda istiqomat qiluvchi Xolisxon Mirzahalilova 1-guruh nogironi. Shu bois “Ayollar daftari”ga ro‘yhatga olingan. Doimiy ravishda mahalla va homiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinadi.
-Oilada boquvchimiz yo‘q. O‘zim branxial astma kasalliga chalinganman. Uyimiz nurab, bir ahvolga kelib qolgan edi. Mahallamiz Dasturga tushgach, xonadonimizni homiylar ko‘magida mukammal ta’mirdan chiqarib, zamonaviy qiyofaga keltirib berishayotganidan juda ham xursandman. Yana xovlimiz chetiga tandir va o‘choqlar qurib berishdi. Prezidentimizga hamda homiylarga o‘z minnatdorchiligimi bildiraman.
Mahallaning “Iste’dod” ko‘chasi 19-uyida Ahadjon Akbarov istiqomat qiladi. Taqdir sinovlari tufayli u og‘ir dardlarga chalingan. Doimiy davolanishga muhtoj. Ehtiyojmand oilaning yashash xonadonlarida ham mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.