Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Piyozchilik” mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” tamoyili asosida ko‘cha va xonadonlarda tozalash, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
2024-02-29 16:38:23 145
“Obod xonadon” tamoyili asosida mahalladagi boquvchisini yo‘qotganlarning xonadonlarida hasharlar uyushtirilmoqda. 9 ta ana shundan oilalar xonadonlarida oshxona, xojatxona, tandirxona qurish, ko‘cha bo‘ylarini tozalash, obod hududga aylantirish borasida sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Muhandis ko‘chasida yakka yolg‘iz yashovchi Shoiraxon aya Parpiyevani xonadoni kapital ta’mirlab berildi. Oshxona, xojatxona, tandirxona ta’mirlanib, tomorqasi tartibga keltirildi. Bir so‘z bilan aytganda, qisqa fursatlar ichida Sh. Parpiyevani yashash joyi mahalladagi ko‘rkam va obod xonadonlar biriga aylandi.