Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR SUD MAJLISIDA
2024-03-07 17:50:51 145
Bugun tuman musiqa maktabining majlislar zalida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudining raisi A. Rahimov raisligida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Sayyor sud majlisida tuman IIB boshlig‘i A. Kattabekov, profilaktika inspektorlari hamda Probatsiya guruhida nazorat ostida turgan 500 dan ziyod shaxslar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Sud majlisida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajarmagan mehnatga halol munosabatda bo‘lmagan, jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan 2 nafar nazoratda turgan shaxslarga nisbatan jazoni og‘irrog‘iga almashtirish yuzasidan ajrim chiqarildi. Probatsiya nazoratda turgan, sud tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarni buzmasdan mehnatga halol va vijdonan yondashganligi sababli 11 nafar shaxslarga nisbatan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqilib ular muddatidan ilgari shartli ozod etildilar.
Sayyor sud majlisida shuningdek 10 dan ortiq ma’muriy ishlar ham ko‘rib chiqildi. Ular jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildilar.