Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUNIS VA MO‘’TABAR XOTIN-QIZLARGA YUKSAK HURMAT-EHTIROM KO‘RSATILDI
2024-03-07 17:52:09 149
Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go‘zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Go‘zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg‘unlashib ketadi.
Bugun Toshloq tumanida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tumandagi faol, turli sohalarda mehnat faoliyatini olib borayotgan xotin-qizlar ishtirok etgan tadbirda so‘z olganlar yurtimizda xotin-qizlar manfaati yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdilar va dilbar ayollarni bayram bilan qutladilar.
To‘kin dasturxon atrofida tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan yangragan dil izhorlari sho‘x kuy-qo‘shiqlarga ulandi. Baxtiyor chehralarda bu kabi e’tibor va mehrdan minnatdorlik, bugungi dorilomon kunlarga shukronalik, mamnunlik hissi tuyildi.