Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2-SEKTOR RAHBARI, TUMAN PROKURORI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
2024-03-13 11:40:29 125
Ayni kunlarda Toshloq tumani sektor rahbarlari hududlarda bo‘lib, tuman yoshlari bilan uchrashib, ularni qiziqtirayotgan savollar va qiynayotgan muammolarini o‘rganishmoqda.
Bugun 2-sektor hududidagi Toshloq texnik xizmat ko‘rsatish texnikumida tashkil etilgan yoshlar bilan uchrashuvda 4 ta sektor rahbarlari ishtirok etdilar. Uchrashuvda yoshlarning fikr, taklif va mulohazalarini eshitishga keng imkoniyat yaratildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilib, bildirilgan takliflarini amalga oshirish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.
Yig‘ilishda tuman prokurori Shuxratjon Musayev tomonidan sektor hududidagi yoshlar tashabbuskorligini oshirish, taklif va muammolarini o‘rganish, ularni hal etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
Uchrashuv yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga kitob va IT sohasida o‘qish uchun 50 foizli chegirma sertifikatlari topshirildi.