Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HECH BIR MUROJAAT E’TIBORSIZ QOLMAYDI
2024-04-02 17:34:56 121
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Unda 27 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 12 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 2 tasi nazoratga olindi. 13 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.