Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Muborak Ramazon oyida 21 nafar ishsiz xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi
2024-04-08 17:07:57 129
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasiga Toshloq tumanidan moddiy yordam hamda ish bilan band qilish masalasida murojaat qilgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi 21 nafar ishsiz xotin-qizlarga ishlab daromad topishi uchun Prezident Xalq qabulxonasi hisobidan zamonaviy tikuv mashinalari ajratildi.
Muborak Ramazon oyida aholiga Prezident sovg‘asi sifatida tuhfa etilgan tikuv mashinalarini tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, tuman xalq qabulxonasi mudiri Mazohid Yuldashev hamda sektor rahbarlari ishtirokida o‘z egalariga topshirildi.
Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish borasida tumanda tizimli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab, bugungi topshirilgan tikuv mashinalar yordamida xotin-qizlar o‘z xonadonlarida qo‘shimcha daromad topishlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari mumkinligini aytib o‘tdi.