Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ASALARICHILIKDAN MILLIONLAB SO‘M DAROMAD QILAYOTGANLAR

×

 2024-04-16 14:22:38    118

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanidagi “Besarang” mahalla fuqarolar yig‘inida asalarchilik bilan shug‘ullanib, yaxshigina daromad olayotganlar bor. Shu jumladan Nodirjon Mirzamatov ham katta tajribaga ega asalarichilardan hisoblanadi. 
N. Mirzamatov avvaliga 30 million so‘m imtiyozli kredit olish evaziga asalarichilikni boshlagan bo‘lib, hozirgi kunga kelib asalari oilasini 130 taga ko‘paytirdi. Tajribali asalarichi yiliga ikki marotaba asal olish bilan birga asalari oilasini  sotish evaziga ham qo‘shimcha daromad qilishni yo‘lga qo‘ygan. O‘tgan yili asalning o‘zidan 100 million so‘m, asalari oilasini sotishdan esa 25 million so‘m daromad topdi.
— Asalni yetishtirish, asalarini parvarishlash katta mehnat va tajriba talab qiladi. Shuning uchun ham bu sohada bilim va tajriba yetarli bo‘lsa daromad manbai ham shunga yarasha bo‘ladi deydi,-N. Mirzamatov.—Mehnatimiz va tajribalarimizga tayanib asal yetishtirish bilan birga boshqalarni ham shu sohada faoliyat boshlashlari uchun asalari oilasini paket qilib sotishni ham yo‘lga qo‘yganmiz. Nafaqat yurtimizga, balki Rossiya davlatiga ham asalari oilalarini yetkazib bermoqdamiz. Asalarichilik kambag‘al oilalarni daromadli oilaga aylantirishiga hech shubham yo‘q. 100 ta asalari oilasini parvarish qilsa, bitta oilani bemalol boqadi. 
Mutaxassislarning ta’kidlashicha bitta asalari bir kilogramm asalni yig‘ish uchun 4500 marta parvoz qilishi va 6-10 mln. guldan shira olishi kerak ekan. Mana shu foydali hasharotga bu sharoitni yaratib berish asalarichining zimmasida. Shunday ekan asalarichilikdan yaxshi foyda olish uchun bolarilar parvarishi haqidagi bilim va tajriba yaxshi natija beradi.