Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tumandagi “Piyozchilik” hamda “Besarang” MFYlarda bo‘lib, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashdilar.

×

 2024-04-18 19:03:23    131

PDF yuklash
Chop etish


Uchrashuvda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Xayrillo Gapporov boshchiligidagi bir guruh deputatlar Senat tomonidan tasdiqlangan yangi qarorlar hamda ularning mazmun - mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berdilar.
Shuningdek, keyingi yillarda mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat “Mahalla yettiligi” tashkil qilingani, mahallalarda qabul qilinayotgan qarorlarning haqqoniyligi va asosliligini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalari haqida ham to‘xtalib o‘tildi. 
Uchrashuvlar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga deputatlar tomonidan batafsil javoblar berildi.