Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 117 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TIBBIYOT XODIMLARI O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

×

 2024-05-01 18:16:35    110

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi "“Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha bir qator muhim vazifalar belgilangan.
Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan turli soha vakillari o‘rtasida muntazam ravishda intellektual o‘yinlar tashkil etib kelinmoqda.
Bugun Toshloq tuman tibbiyot birlashmasi va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Mantiqiy va qiziqarli savollardan iborat bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinda 8 ta jamoalar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyish etishdi.
Tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.