Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA SAYXUNOBOD TAJRIBASI OMMALASHMOQDA

×

 2024-05-03 10:58:33    120

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyatining og‘ir tumani hisoblangan Sayxunobodga tashrifi, bu yerda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha Prezident tashabbusi asosida yaratilayotgan tajriba—davlat uy xo‘jaliklariga o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishga solishga ko‘maklashishi tamoyili ayni kunda butun respublika viloyatlari, barcha mahallalarda amalda qo‘llanilmoqda.
Yuqoridagi tashabbus asosidagi ishlar mahallalarga biriktirilayotgan tijorat banklari mas’ullari, joylardagi hokim yordamchilari ko‘magida tashkillanmoqda. Bunda saralangan xonadonlarda daromad manbaini yaratish, tomorqa madaniyatini shakllantirish, sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirish, ko‘chat o‘tqazish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, qolaversa aholiga savdo va xizmat ko‘rsatish, bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish ishlariga mas’ullar shaxsan javobgar bo‘lmoqda. 
Sayxunobod tajribasi asosida Toshloq tumanida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan "Hamrak" mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaga biriktirilgan bank mas’ullari hamda hududning hokim yordamchisi tanlangan xonadonlarda uchta paket asosida oilalarga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. 
Mahalla yashovchi Abduvoxid Millajonovga ham 33 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Xonadonida bo‘sh turgan uch sotixli yer maydoniga issiqxona barpo etildi. Kuni-kecha 8 bosh qo‘y hamda oila bekasiga tikuv mashinasi ham topshirildi.
-Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar bizning xonadonimizda ham joriy qilinmoqda. Bunda hovlimizdagi bo‘sh turgan yerdan unumli foydalanib oilaga qo‘shimcha daromad qilishimiz uchun issiqxona qurib berildi. Ayolimga uyda o‘tirib daromad topishi uchun zamonaviy tikuv mashinasi olib kelingani uning ham quvonchiga sababchi bo‘ldi,-deydi A. Millajonov. 
Mahallada bu kabi xonadonlardan yettitasi tanlab olingan bo‘lib ularga ham uchta paket asosida imtiyozli kreditlar ajratilishi joriy qilinmoqda. 
-Yurtboshimiz tashabbusi bilan Sayxunobod tajribasi asosida mahallamizdagi tanlangan oilalarni daromad manbaini oshirish, tomorqalaridan unumli foydalanishlari, bandliklarini ta’minlash maqsadida biriktirilgan bank mas’ullari ko‘magida imtiyozli kreditlar yo‘naltirilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad aholini tomorqasidan, berilgan imtiyozlardan unumli foydalanib oilasida daromad manbaini yaratish va oshirishdan iboratdir, - deydi mahalla hokim yordamchisi Nodirbek Jo‘raboyev.