Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
«UCH AVLOD UCHRASHUVI» MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI
2024-05-06 13:12:38 100
Nuroniylarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, yangi avlodga ta’lim-tarbiya, mehr berish xalqimizga xos ezgu fazilatlar sirasiga kiradi.
Asrlar mobaynida tobora sayqallanib, ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan bunday qadriyat va an’analar, o‘zaro mehr-oqibat tushunchalari bugungi kunda ham g‘oyatda qadrlanadi. Oilaviy qadriyatlarning uzviy bir qismi bo‘lgan bu kabi udumlarni avaylab-asrash borasida xayrli tashabbuslar amalga oshirib kelinmoqda.
Ezgu an’anaga aylanib borayotgan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri Toshloq tumanida ham tashkillanmoqda.
9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "O‘zbekiston-inson qadri ulug‘langan yurt" shiori ostida Toshloq tibbiyot birlashmasi va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan halqimiz sog‘ligini tiklash, yurt ravnaqi, tinchligi, yosh avlodga ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan keksalar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar ishtirokida Quvasoy shahrida joylashgan Axmad Al-Farg‘oniy dam olish uyida 80 nafar faxriylar, 120 nafar yoshlar ishtirokida “Uch Avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportning ommaviy turlariga xodimlarni kengroq jalb etish maqsadida yoshlar o‘rtasida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, valeybol turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, g‘oliblarga tibbiyot birlashmasi va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.