Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANI HOKIMINING FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN QABULI O‘TKAZILDI
2024-05-07 16:05:46 101
Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayevning tuman Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri, tegishli tashkilot, korxona rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.
Qabulda asosan moddiy yordam tayinlash, ishga joylashish, davolanishi uchun moddiy yordam ajratish, gaz balloni bilan ta’minlash, elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar, sud-huquq masalalari bilan bog‘liq muammolari kabi o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha 39 ta murojaatlar tushdi.
Murojaatlardan 18 tasi joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi yuzasidan tuman hokimi tomonidan mutasaddilarga manzilli ko‘rsatmalar bergan holda alohida nazoratga olindi.