Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 180 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA TADBIRKOR ELYORBEK KARIMOV 1 GEKTAR YeR MAYDONIDA GUL PARVARISHLAMOQDA

×

 2024-05-14 10:04:37    75

PDF yuklash
Chop etish


   Toshloq tumanida yerdan unumli foydalanib, dehqonchilik, bog‘dorchilik orqali mo‘maygina daromad topayotgan dehqonlarning safi kengayib bormoqda. Ular tomonidan qish faslida ham issiqxonalarda turli xildagi ko‘chatlar parvarishlanib, hosili bozorlarimizga yetkazib berilmoqda.
Aytish mumkinki, keyingi yillarda tumanda gulchilik faoliyati ham rivojlanib bormoqda. Tajribali dehqonlar tomonidan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan va qarovsiz yotgan yer maydonlari o‘zlashtirib, issiqxonalar barpo etilmoqda.     
Xususan, tadbirkor Elyorbek Karimov Toshloq tumanida 1 gektar yer maydonida issiqxona tashkil etib, 12 turdagi gul navlarini parvarish qilmoqda. Tadbirkor daromad topish bilan birga 15 nafarga yaqin xotin-qizlarni ish bilan band etdi.  
Gulchilik ham tadbirkorlikning eng foyda keltiradigan turiga kiradi,-deydi tadbirkor Elyorbek Karimov. -Bu sohaga qiziqishim katta. Gullarga qancha mehr ko‘rsatsang, kundan-kun yashnab boraverarkan. Avvaliga oddiy qiziqish bo‘lib tuyulgan bu mashg‘ulot endilikda asosiy daromad manbaimga aylandi. O‘tgan yili 350 million so‘m daromad topdim. Bu yil esa daromadni 2 barovarga oshirishga harakat qilmoqdamiz. Buning uchun gul navlarini turini oshirib, gul bozorlariga yetkazib berilishi barobarida qo‘shni mamlakatlarga ham eksport qilishni ham kengaytirmoqdamiz.