Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANI: "SAYXUNOBOD TAJRIBASI" AMALDA
2024-05-14 16:36:19 107
Aholini daromadli qilish bo‘yicha joriy yildan butun mamlakatimiz bo‘ylab tadbiq etilayotgan “Sayxunobod tajribasi” Toshloq tumanida ham keng joriy qilinib, u orqali oilalar daromadini oshirishda ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Jumladan, Toshloq mahallasi misolida aytadagi bo‘lsak, bu yerda o‘z tomorqasini obod qilib, mahallasiga fayz qo‘shayotgan, ro‘zg‘origa baraka kiritayotgan oilalar ko‘plab topiladi.
Mahallada "Sayxunobod tajribasi"ni joriy etish maqsadida 5 ta xonadon tanlab olinib, ularning 1 tasida issiqxona, 4 ta xonadonlarda chorvachilikni rivojlantirish hisobiga ishsiz aholi vakillarining bandligi ta’minlanmoqda.
-Sayxunobod tajribasi asosida bizning Toshloq mahalla fuqarolar yig‘inida 5 ta xonadon tanlab olingan. Shu jumladan hududda yashovchi Nasibullo Usmonovga 16 million so‘m kredit ajratilib kichik tadbirkorligini boshlashi uchun xonadoniga tandir qurib berilib un olib kelindi va 6 bosh qo‘y ham berildi. Diloromxon Nabiyevaga esa 15 million so‘m kredit ajratilib 4 bosh qo‘y va 50 ta tovuq olib berildi. Shuningdek Naziraxon Pozilovaga 33 million so‘m kredit ajratilib xonadonida bo‘sh turgan 2 sotixli yer maydoniga issiqxona qurildi va 1 ta mol, 50 bosh qora tovuq olib kelindi,-deydi mahalla hokim yordamchisi Mashhurbek Karimov.