Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2024-05-17 14:10:44 120
Bugun Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashining navbatdagi yetmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, MFYlar vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya ishida tumanni ishsizlik va korrupsiyadan holi hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektor rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash bo‘yicha 2024 yilning I-choragida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Toshloq tumani hokimi A.Djurabayev hamda sektor rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Har bir sektor rahbarining joriy yil yakuniga qadar aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha dasturlari taqdimot qilindi.
Shuningdek, tanqidiy ruhda o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda tumandagi kommunal soha (elektr ta’minoti, gaz, ichimlik suvi, yo‘l) tashkilotlari rahbarlarining ham hisobotlari eshitilib, aholi muammolari bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Sessiya yig‘ilishida elektr, gaz, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish yuzasidan ushbu tashkilotlarning joriy yil yakuniga qadar har bir mahalla kesimida reja-jadvallari muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Yig‘ilishga yuqoridagi sohalar bo‘yicha eng ko‘p murojaat qilgan fuqarolar taklif etilib, ularga mahallalarida amalga oshiriladigan ishlarning reja-jadvallari tushuntirildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi hamda tasdiqlangan reja-jadvallarni tumandagi har bir mahalla binosida barcha ko‘rinarli joylarga ilib qo‘yish belgilandi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.