Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI QABULI BO‘LIB O‘TDI
2024-05-22 15:46:37 98
Aholi murojaatlarini tinglash, mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqish hamda hal etish maqsadida bugun tuman xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev navbatdagi qabulini o‘tkazdi.
Qabulda 20 nafar fuqaroning uy-joy olish, egalik huquqi, davolanish, o‘qish uchun moddiy yordam ajratish, gaz, suv va elektr energiyasi ta’minoti kabi qator masalalardagi murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, o‘nga yaqini shu yerning o‘zida joyida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlarga mas’ullar tomonidan tushuntirish berildi.
Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish va hal etish uchun mas’ullarga yo‘naltirildi.