Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 175 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BUGUN TOSHLOQ TUMANIDA "YOSH GVARDIYACHILAR" SINFI OCHILDI

×

 2024-05-24 16:29:30    77

PDF yuklash
Chop etish


O‘quvchi-yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlar doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilib, Toshloq tumanidagi 3-umumta’lim maktabida  "Yosh gvardiyachilar"  sinfi tashkil etildi.
Tadbirda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining bolalar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Podpolkovnik K.Toshmatov, Respublika Nuroniy jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i, professor N.Musayeva, Nuroniy jamg‘armasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Z.Raxmonov, tuman hokimining o‘rinbosari E.Madaminov va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Soliyev hamda keng jamoatchilik vakillari, ota-onalar ishtirok etishib, o‘zlarining samimiy  fikrlarini bildirib o‘tishdi.
Ta’kidlash o‘rinliki, endilikda ushbu sinflarda ta’lim oladigan o‘quvchilarga harbiy bilim va ko‘nikmalar ham o‘rgatilib, ularda Vatanparvarlik ruhi yanada mustahkamlanadi. Yurtga, Vatanga munosib farzand bo‘lish uchun har tomonlama yetuk bo‘lib ulg‘ayadilar.