Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 181 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDAGI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA "ILM-SAODAT KALITI" SHIORI OSTIDA "SO‘NGGI QO‘NGʻIROQ" TADBIRLARI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-05-25 10:05:53    79

PDF yuklash
Chop etish


   Toshloq tumanidagi maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarangladi. Ulkan orzu-maqsadlar bilan ta’lim-tarbiya quchog‘ida jam bo‘lishgan o‘quvchilar bugun hayotning katta ostonasiga qadam qo‘yishmoqda. Bu yil tumandagi 51 ta umumta’lim maktablarining 11-sinfini 1954 nafar yigit-qizlar bitirib chiqishmoqda.
Tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev tumandagi 2-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida qatnashib, bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga tabrigi"ni o‘qib eshittirdi hamda ularning o‘qish va ishlarida omad tiladi.
Tantanada ota-onalar, mehmonlar bitiruvchilarni tabriklab, ularga ta’lim–tarbiya bergan ustozlarga minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Tumandagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ana shunday bayromana tarzda nishonlandi.