Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘Z YeCHIMINI TOPMOQDA
2024-05-28 13:17:38 110
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani xalq qabulxonasida tuman hokimi A.Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Unda 22 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi va shu kunning o‘zida 9 ta murojaat o‘z yechimini topdi. Qabulda fuqarolarimiz tomonidan asosan kredit ajratish, oilaviy masalalar, ishga joylashish, davolanish uchun moddiy yordam ajratish, yoshga doir bolalar puli va nogironlik nafaqasi olishda yordam so‘rab va yana bir nechta turdagi masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Har bir murojaatlarga qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan 4 ta murojaat yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Qabulda sektor rahbarlari ham ishtirok etib, hududlar kesimida muammo va murojaatlarni hal etish choralari ko‘rildi.