Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BO‘STON HAMDA QUMARIQ MFYLARDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

×

 2024-05-30 11:30:22    123

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan mahallalarda iste’molchilarni elektr ta’minotini yaxshilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, shu kunlarda manzilli dasturlarga asosan, tumandagi Bo‘ston hamda Qumariq MFYlarda qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 
Bo‘ston MFY hududida joylashgan 42–sonli transformator punktini yukini yengillatish maqsadida MFY hududiga 1 dona yangi quvvati 100 kVA bo‘lgan transformator punkti olib kelib o‘rnatish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, hududda 850 metr AS 35 elektr uzatish tarmog‘i tortildi. Hozirda 20 dona temir – beton tayanchlari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Qumariq MFY hududida ham bosqichma–bosqich yangilash va modernizatsiya ishlari bajarilmoqda. 1 dona yangi quvvati 160 kVA bo‘lgan transformator hamda 37 dona temir–beton tayanchlari o‘rnatildi.
Bu bilan, hududlardagi 380 dan ortiq iste’molchilarni elektr ta’minotini yaxshilashga erishiladi.