Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI: MUROJAAT VA MUAMMOLAR YeCHIMI- XALQNI ROZI QILISHDIR
2024-06-04 15:10:57 112
Aholi bilan bevosita va ochiq muloqot qilish maqsadida bugun tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hokimlik binosida navbatdagi qabulini o‘tkazdi.
Toshloq tumani fuqarolari bilan yuzma-yuz muloqot asosidagi qabul davomida uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyati, sog‘liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, fermer xo‘jaligi va boshqa masalalarga oid 32 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 10 tasi joyida ijobiy hal etildi. 15 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 7 tasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘rganib, chora ko‘rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.