Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN KATTA KONSERT DASTURI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-06-21 11:22:47    83

PDF yuklash
Chop etish


  Toshloq tumani markazida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan taniqli san’atkorlar va yosh iste’dodlar ishtirokida katta konsert dasturi tashkil etildi.
Dastlab, bayram tadbirini tuman hokimi Abduqqahor Djurabayev tabrik so‘zi bilan ochib, barcha yoshlarni 30 iyun –Yoshlar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosatini zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslarini alohida ta’kidlash lozim. Davlatimiz rahbarining yoshlar kamolotiga qarayotgan doimiy e’tibori, ayniqsa, ta’lim islohotlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu islohotlarning yutug‘i esa yoshlarning davlat va qonunlarga ishonchini kuchaytirmoqda,- deydi tuman hokimi tabrik so‘zida.
Shundan so‘ng, tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini imtiyozli tamomlagan iqtidorli o‘quvchilarga oltin va kumush medallari tantanali ravishda topshirildi. Bundan tashqari turli jabhalarda hamda sportda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlarga ham diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. 
30 iyun –Yoshlar kuni bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan gala-konserti barcha yoshlarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi. Boisi, taniqli estrada xonandalari ijrosida yangragan dilrabo kuy-qo‘shiqlar barchada katta taassurotlar qoldirdi.