Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“POLVONLARI KO‘P YURT – QUDRATLI BO‘LUR!”

×

 2024-06-25 08:38:11    68

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar va uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jinoyatchilikni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni jismonan sog‘lom va har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida “Milliy kurash" musobaqasi mahallalarda yoshlar faolligida bo‘lib o‘tmoqda.   
Bugun Toshloq tumanidagi “Besarang” MFYda “Polvonlari ko‘p yurt – qudratli bo‘lur!” shior ostida sportning kurash turi bo‘yicha tuman prokurori sovrini uchun mahallalar bosqichiga start berildi.
Musobaqa ochilishida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda tuman prokurori Shuhratjon Musayevlar sportchi yoshlarga “Bosh prokuror kubogi”ning mahalla bosqichidagi musobaqalariga omadlar tiladilar.
Mahallalar kesimida o‘tkazilayotgan musobaqalarda 14 yoshdan 30 yoshgacha toifasidagi yigit-qizlar “Bosh prokuror kubogi” uchun bellashadilar.