Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
27 iyun –Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayevning bayram tabrigi.
2024-06-27 08:22:26 91
Avvalombor, Siz aziz jurnalistlarni, matbaa va nashriyot, tuman gazetasi mas’ullarini hamda ushbu sohada ko‘p yillar mehnat qilgan, jonkuyar ijodkorlarini va soha faxriylarini 27 iyun –Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman!
Ijod ahli, ayniqsa, jurnalistlar jamiyatimizda ro‘y berayotgan voqelikka teran ko‘z bilan boqib, uni o‘z hayoti va turmushi bilan chambarchas tasavvur etib fikrlaydigan jonkuyar insonlar, qalbi qaynoq kishilardir.
Yaratuvchanlik va farovonlikni har qadamda ta’min etish uchun zarur bo‘lgan davlat boshqaruvi hamda xalq o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni aynan mana shu kasb egalaridagi jonkuyarlik va fidoyilik timsolida ko‘ramiz desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.
Elu xalqimizning manfaati, kelajagini ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini yoritishda muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Ommaviy axborot vositalari so‘zda emas, amalda “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga ko‘tarilishi zarur. Bu - zamon talabi, islohotlarimiz talabi degan fikrlariga monand faoliyat yuritmoqdasiz.
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Siz azizlarni, kasb bayramingiz bilan yana bir bor qutlar ekanman, zimmangizdagi ulkan va zahmatli mehnatingizga muvaffaqiyatlar tilagan holda, barchangizga Vatanimiz ravnaqini, farzandlar kamolini ko‘rib yashash nasib etsin!