Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan toshloqlik bir guruh faol ijodkorlar tuman hokimi tomonidan rag‘batlantirildi.

×

 2024-06-27 08:29:32    71

PDF yuklash
Chop etish


Ijod ahli, ayniqsa, jurnalistlar ro‘y berayotgan voqelikka teran ko‘z bilan boqib, uni o‘z hayoti va turmushi bilan chambarchas tasavvur etib fikrlaydigan jonkuyar insonlar, qalbi qaynoq kishilardir.
Sana munosabati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev 27-iyun "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari" kuni munosabati bilan matbuot xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi. 
Tuman hokimi o‘z tabrik so‘zida Muhtaram Prezidentimizning sohaga alohida e’tiborlari natijasida yurtimizda Ommaviy axborot vositalari so‘zda emas, amalda “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga ko‘tarilib borayotganini qayd etdi. Davlatimiz rahbarining “Ommaviy axborot vositalari – islohotlarimizning ko‘zgusi, mening ishonchli kuchim” degan so‘zlari, matbuot sohasi vakillarining bugungi islohotlardagi alohida o‘rnini va rolini yaqqol ko‘rsatib berishini ta’kidladi.
Tadbirda “Toshloq tongi” gazetasining ijodiy jamoasi tuman hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.