Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQLIK MIRISHKORLAR GʻALLA REJASINI BAJARISHDI

×

 2024-06-27 18:20:26    67

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilda Toshloq tumanida 179 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 5070 gektar maydonda boshoqli don ekinlari agrotexnika talablari darajasida parvarishlaganligi tufayli dalalarda mo‘l hosil yetishtirildi. O‘rim-yig‘im ishlarini o‘z vaqtida boshlagan fermerlarimiz joriy yilda belgilangan davlat rejasini oshirib bajardilar. 
Mavjud 15 otryadga biriktirilgan 15 ta o‘rim kombaynlarining kuchidan unumli foydalanildi va tumanimiz g‘allakorlari davlatga don sotish yillik rejasini oshirib bajarishdi. 
Gʻallakorlarimiz g‘alla qabul qilish punktlariga joriy yilning 27 iyuniga qadar 13 ming 600 tonna don topshirishib, reja ortig‘i bilan bajarildi. Har gektar maydondan o‘rtacha hosildorlik 70-80 syentnerni tashkil qildi.  
Hali o‘rilmagan g‘alla maydonlari ko‘p, xalqimiz rizq-ro‘zi bo‘lgan don boshoqlarini yig‘ib - terib olish ishlari jadal davom ettiriladi.
  Zafar muborak bo‘lsin, toshloqlik g‘allakorlar!